AZ

Makallister: "Klopp Slotga ozgina yordam bersa kerak"

Aleksis Makallisterning aytishicha, "Liverpul" futbolchilari Arne Slottning muvaffaqiyatiga ishonishadi.
"Deyarli to‘qqiz yildan beri "Liverpul"da ishlagan va hozirda klub afsonasiga aylangan Yurgen kabi murabbiyni almashtirish oson bo‘lmasligi aniq.
Yurgen bilan xayrlashuv ajoyib o‘tdi va uning o‘zi yangi murabbiy uchun joy bo‘shatdi! Unga ozgina yordam bersa ham kerak. Menimcha, Arne Yurgen tufayli klubga ishonch bildirdi.
Men yangi murabbiy bilan Amerika kubogi vaqtida gaplashdim, klub haqida, ko‘rganlarim va hokazolar haqida biroz gaplashdik.
U juda tajribali mutaxassis ekanligi aniq. U menga juda yaxshi gapirdi.
Men "Feyenoord"da u bilan birga ishlagan Markos Senesi (Argentina va "Bornmut" himoyachisi) bilan gaplashdim va futbolchi u haqida juda yuqori pafosda gapirdi.
Shunday ekan, Yurgendek buyuk murabbiy bizni tark etganiga qaramay, bu mavsum “Liverpul” uchun ijobiy o‘tishi borasida optimistman.
Bizda ajoyib jamoa bor va ishonamizki, yangi murabbiy bizga katta yutuqlarga erishishda yordam beradi" – dedi “Liverpul” va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Makallister.

Bütün xəbərləri reklamsız oxumaq üçün

Günlük ölkədə baş verən xəbərləri bizdən izlə.

Seçilən
31
stadion.uz

1Mənbələr