AZ

Elliott: "Biz Niderlandiya uslubida juda chiroyli o‘ynaymiz"

Xarvi Elliott "Liverpul"ning Arne Slot qo‘l ostidagi mashg‘ulotlar jarayoni haqida gapirdi.
27 iyul kuni mersisaydliklar o‘rtoqlik uchrashuvida "Betis"ni mag‘lub etishdi (1:0).
"Biz juda nafis Niderlandiya uslubida juda chiroyli o‘ynaymiz. O‘yin uslubi juda boshqacha. Endi to‘pga egalik qilishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
O‘yinchilar hayajonda, biz ma’lum uslublar bilan shug‘ullanmoqdamiz, jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda, yigitlar esa buni o‘yinlarda qo‘llashni intiqlik bilan kutishmoqda.
Bu hamma uchun yangi start. Menimcha, bu asabiy emas, ko‘proq hayajonli vaziyatga o‘xshaydi. Rostini aytsam, men buni tezda o‘rganamiz deb o‘ylayman. Oxirgi o‘yinda erkin va bemalol harakat qilgan paytlarimiz bo‘ldi.
Mavsum oldinda, bu faqat birinchi o‘yinlar va biz o‘z o‘rgangan narsaga ishonishda davom etishimiz kerak.
Agar ishlar yaxshilanmasa, buni zudlik bilan yaxshilashimiz kerak, chunki bu biz uchun yangilik", - dedi “Liverpul” yarim himoyachisi.

Bütün xəbərləri reklamsız oxumaq üçün

Günlük ölkədə baş verən xəbərləri bizdən izlə.

Seçilən
18
stadion.uz

1Mənbələr