"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 22 karra g‘olibi ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida kichik o‘g‘li Rafael va o‘z rafiqasi Xiska Perelloning qo‘llab-quvvatlashlari haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispaniyalik tennischilar Rafael Nadal va Karlos Alkaras 2024-yil Olimpiya o‘yinlarining juftlik bahslarida chorak finalga yo‘l olishgandi.
Musobaqaning 1/8 finalida Nadal va Alkaras 6:4, 6:7 (2:7) hisobida [10:2] niderlandiyalik Tallon Griyekspur va Uesli Kulxof duyetidan ustun keldi.
"Rafa hali atrofdagi narsalarni tushunish uchun juda yosh, u ikki yoshga ham kirmagan. Bola shunchaki dam oladi.
Yoningda oilang bo‘lsa hammasi yaxshidek tuyuladi menga. Turnirlarda qatnashganimda Xiska va Rafa men bilan birga sayohat qilishdan xursand edi, ammo bu yerda ular bilan vaqt o‘tkaza olmasligim meni xafa qiladi, chunki men Olimpiya shaharchasidaman. Ammo kortda bo‘lish menga ko‘p narsa beradi. Bu men uchun hozir juda muhim", - dedi Nadal o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
- Gecə Modu
- Ana səhifə
- Statistika
- Mənbələr
- Reytinq
- Hava
- Valyuta